AQShda haydovchisiz elektrotraktor ishlab chiqarildi
Elektrotraktor haydovchisiz boshqarilishi, hosil haqidagi ma'lumotlarni yig‘ishi hamda tahlil qilishi va smartfon orqali ishlashi mumkin.
Kaliforniyada Monarch Tractor kompaniyasi Smart texnologiyasi asosidagi dunyodagi birinchi elektr traktorni namoyish etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Elektrotraktor haydovchisiz boshqarilishi, hosil haqidagi ma'lumotlarni yig‘ishi hamda tahlil qilishi va smartfon orqali ishlashi mumkin. Traktorning quvvati 40 ot kuchiga ega.
Undan vezdexod sifatida, dalada esa elektrogenerator sifatida foydalansa bo‘ladi.
Traktor egasi smartfoni orqali bajarilgan ishlar va meteorologik sharoitlar to‘g‘risida ma'lumot olishi mumkin.
Monarch Tractor narxi 50 ming dollarni tashkil etadi. Traktor 2021 yil kuzidan sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
07:30 / 26.09.2024