Rossiya Farg‘onaga import taqiqi qo‘yishiga sabab bo‘lgan pomidor qayerda yetishtirilgani ma'lum bo‘ldi
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning yil yakunlari va kelgusi yilgi rejalar bo‘yicha ma'ruzasi tinglandi.
Ma'ruzada aytilishicha, joriy yilning o‘tgan 9 oyida Farg‘ona deyarli barcha sohalarda iqtisodiy o‘sishga erishgan. Viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,4 foizga oshgan. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 100,4 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmi 103,1 foizga, qurilish ishlari 100,4 foizga oshgan.
Viloyat hokimining aytishicha, pandemiya davrida inqirozga qarshi kurash dasturi doirasida 20 mingdan ortiq tadbirkorga umumiy hisobda 400 milliard so‘m soliq imtiyozi berilgan. Shuningdek, 7,2 ming tadbirkorning 1.3 trillion so‘m kredit qarzdorligi 6 oy muddatga uzaytirilgan.
Ma'ruzada aytilishicha, Farg‘onada investitsiya dasturiga muvofiq 2020 yil qiymati 7 trillion so‘m bo‘lgan 737 ta loyiha amalga oshirish hisobiga 20 050 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Xususan, yanvar-noyabr oylarida 4.1 trillion so‘mlik 552 ta loyiha foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalar doirasida 11 997 ta yangi ish o‘rni yaratilgani aytildi.
Sessiya yakunida Xayrulla Bozorov ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat hokimining barcha o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, hokimlikning bo‘lim va boshqarma rahbarlari ham ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida Xayrulla Bozorov oxirgi kunlarda aktual mavzuga aylangan Rossiyaning viloyatdan olib boriladigan pomidorga import taqiqi qo‘yishi mavzusiga to‘xtaldi.
Ma'lum bo‘lishicha, «Rosselxoznadzor» tarkibida jigarrang burishish virusi aniqlangan pomidor Marg‘ilon bozoridan olib borilgan. Rossiyaga Farg‘onadan sinov tariqasida 5 kilo pomidor olib borilgan. Rossiyaga olib ketilgan pomidorni kim yetishtirgani aniqlangan va tekshirilganda dehqonning boshqa pomidorlarida Rossiyada aniqlangan virus bo‘lmagan. Umuman, Farg‘onadagi birorta issiqxonada bunday pomidor virusi topilmagan.
Shuningdek, Xayrulla Bozorov Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
22:34
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22