AQShda Moderna vaksinasi xavfsiz va samarali deb topildi
Vaksina samaradorligi yoshi 65dan yuqori bo‘lganlardan iborat guruhda 86,4 va 18dan 65 yoshgacha bo‘lganlar guruhida 95,6 foizga teng bo‘lgan.
AQSh oziq-ovqat va dori vositalari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini xavfsiz va samarali deb topdi. Bu haqda boshqarma hisobotiga tayanib Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, vaksina samaradorligi 94,1 foizni tashkil etadi.
Hisobotga ko‘ra, vaksina turli irqiy va etnik guruhlar orasida birdek samarali bo‘lgan. Bunda, vaksina samaradorligi yoshi 65dan yuqori bo‘lganlardan iborat guruhda 86,4 va 18dan 65 yoshgacha bo‘lganlar guruhida 95,6 foizga teng bo‘lgan.
Hisobot AQSh sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli ekspertlar guruhi yig‘ilishi arafasida e'lon qilindi. Yig‘ilishda mutaxassislar vaksinadan ommaviy foydalanish uchun uni tavsiya qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.
Moderna 1 dekabrda o‘zi ishlab chiqqan vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha ariza topshirganini ma'lum qilgandi.
FDA avvalroq Pfizer va BioNTech vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024