«Joylardagi rahbarlar ishiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz baho bermoqda» - Prezident energiya ta'minoti muammolari haqida
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida qishga tayyorgarlikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni hal etish masalalari tanqidiy tahlil qilindi.
Davlat rahbari bugungi selektor mavzulari nihoyatda jiddiyligini ta'kidladi. Joriy yil ob-havoning avvalgi yillarga nisbatan erta va keskin pasaygani tarmoqlar va hududlarning qish mavsumiga qay darajada tayyorligini yaqqol ko‘rsatib bergani, xalq qabulxonalariga murojaatlar soni bu yil o‘tgan yilga nisbatan ko‘mir, gaz, elektr energiyasi ta'minoti bo‘yicha keskin oshganidan ham ko‘rish mumkinligi qayd etildi.
Shu bilan birga, elektr, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda issiqlik ta'minotida tez-tez uzilishlar aholining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Xuddi shunday, benzin narxining oshgani ham aholi o‘rtasida jiddiy muhokamalarni keltirib chiqarmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda aholining energiya ta'minoti muammolari bilan bog‘liq qariyb 2 mingga yaqin maqolalar va videoroliklar orqali chiqishlari qayd etilgan.
Prezident jamiyatdagi muammolarni ko‘tarib chiqayotgani uchun yana bir bor OAV xodimlariga minnatdorlik bildirgan.
«Menga balandparvoz gaplar va raqamlar kerak emas. Joylardagi rahbarlarning ishlari natijadorligiga ijtimoiy tarmoqlarda xalqimiz xolis baho bermoqda.
Jurnalistlarimizga, blogerlarimizga rahmat, ochiqlik tufayli shu muammolardan xabar topyapmiz», deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
17:49 / 14.01.2025
BAA kompaniyasi bilan chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi
22:40 / 13.01.2025
Namangan va Andijonda qariyb 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
19:27 / 07.01.2025
Turkiya va Qatar Suriyaga ikkita suzuvchi elektr stansiya yuboradi
10:05 / 05.01.2025