Sport | 20:58 / 16.12.2020
7414
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy basketbol uyushmasi tarixida o‘yinchi bilan rekord qiymatdagi shartnoma tuzildi

Foto: Getty Images

Milliy basketbol uyushmasining oxirgi 2 mavsumining eng qimmatli o‘yinchisi (MVP), gretsiyalik basketbolchi Yannis Adetokunbo “Miluoki Baks” klubi bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Insayderlik ma'lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli hujumchi klubdagi 5 yillik faoliyati davomida 228,2 mln dollar ishlab topadi.   

Bungacha MBUda rekord shartnoma “Vashington Uizards” o‘yinchisi Rassell Uestbrukda bo‘lgan. U umumiy qiymati 206,8 mln dollarlik 5 yillik shartnoma tuzgan.

“Bu mening uyim, mening shahrim. Men keyingi 5 yil “Miluoki”ning bir qismi bo‘lishimdan baxtiyorman”, deb ta'kidlab o‘tgan Adetokunbo.

211 santimetrli hujumchi “Miluoki” uchun 2013 yildan beri o‘ynab keladi. U MBUdagi faoliyati davomida 4 marta Barcha yulduzlar uchrashuvida (2017-2020 yillar) ishtirok etgan.

7 ta mavsum davomida Adetokunbo bir o‘yin uchun o‘rtacha 20,1 ochko, 4,3ta uzatma, 1,2ta to‘pni olib qo‘yish va 1,3ta blok-shot to‘plagan.

Mavzuga oid