Internetda 25 dekabrdan karantin qayta joriy qilinishi haqida yana yolg‘on xabar tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda 25 dekabrdan O‘zbekistonda karantin cheklovlari yana joriy qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlarda manba sifatida Kun.uz nashri ko‘rsatilgan.
Lekin bu ma'lumot yolg‘on va bunga xabarning o‘zida bir necha dalillarni ko‘rish mumkin.
Jumladan:
Xabar matnida juda ko‘p imloviy xatolar mavjud;
Xabar manbasiga kirib ko‘rilganda butunlay boshqa ma'lumot berilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ayni paytda cheklovlar qaytarilishi haqida bunday ma'lumot yo‘q. Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham bu haqda hech qanday yangi qaror qabul qilinmagan.
Shu o‘rinda foydalanuvchilarga har bir ma'lumotning ishonchliligini tekshirib ko‘rish, har qanday norasmiy tarmoqlardagi xabarlarga ishonmaslik tavsiya qilinadi.
Mavzuga oid
13:00 / 30.01.2024
Rossiyada 72 yoshli ayol “harbiylar haqida feyk xabarlar tarqatgani uchun” qamaldi
21:59 / 27.11.2022
Xitoyda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
00:22 / 26.11.2022
Pekinda koronavirus avj olgani tufayli yangi cheklovlar kiritilmoqda
22:24 / 07.11.2022