Jamiyat | 20:15 / 17.12.2020
22140
3 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz nomidan foydalanib, kazino o‘yinlariga qiziqtirayotgan firibgarlardan ogoh bo‘ling

Ijtimoiy tarmoqlarda Kun.uz nomidan foydalangan holda odamlarni aldab, ularning pullarini yechib olish holatlari hamon uchrab turibdi.

So‘nggi vaqtlarda firibgarlar Kun.uz logotipini ishlatib, internet foydalanuvchilarini kazino va lotereya kabi turli yutuqli o‘yinlarda qatnashishga chaqirayotganlariga guvoh bo‘lmoqdamiz.

Bunday soxta o‘yinlar tashkil etishdan maqsad tayin – internet foydalanuvchilarini aldab, ularning pullarini o‘zlashtirish.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kun.uz nomi va logotipidan foydalanib, lotereya yoki qimor kabi onlayn o‘yinlar tashkil etilayotganiga ko‘zingiz tushsa, bilingki, bu yolg‘on xabardir va uning ortida firibgarlar yashiringan bo‘ladi.

Shuni unutmaslik lozimki, Kun.uz tomonidan tashkil etiladigan har qanday tanlov va unda ishtirok etish shartlari albatta Kun.uz saytida va saytning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.

Saytning Telegram messenjeri va barcha ommabop ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari rasmiy tasdiq (Verified) belgisiga ega.

Tahririyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Kun.uz nomi va logotipidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan qalloblarga qarshi kurashni davom ettiradi.

Aldov qurboni bo‘lib qolmaslik uchun fuqarolardan yuqorida tilga olingan jihatlarga e'tiborli bo‘lishni so‘raymiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi Kun.uz rasmiy sahifalari:

O‘zbek tilida:
Telegram: t.me/kunuzofficial
Telegram: t.me/kunuz (lotin alifbosida)
Facebook: fb.com/kunuznews
Instagram: instagram.com/kun.uz
Twitter: twitter.com/KunUzNews
Odnoklassniki: ok.ru/kunuznews

Rus tilida:
Telegram: t.me/kunuzru
Facebook: fb.com/kunuz.ru
Instagram: instagram.com/kun.uzru
Twitter: twitter.com/Kun_uzRu

Ingliz tilida:
Telegram: t.me/kunuzen
Facebook: fb.com/kunuzenglish

Kun.uz kundaligi:
Telegram: t.me/kundalikuz
Facebook: fb.com/kundalik.uz
Instagram: instagram.com/kundalik.uz

YouTube'dagi kanalimiz

Mavzuga oid