Mirzaobodda yoshlarga 50 sotixdan yer ajratib berildi
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 32 nafar bolaga ekin yer maydoni foydalanish uchun taqsimlab berildi.
«Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari K.Sobirov, Mirzaobod tumani hokimi J.Yariyev, tuman xalq qabulxonasi rahbari, tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari R.Anorboyev, tuman yoshlar ishlari agentligi hamda tuman sektor rahbarlari hamkorlikda Mirzaobod tumani «Nurafshon» mahallasi hududidan tumanning «Nurafshon» hamda «Tinchlik» mahallalarida yashovchi yoshlar daftarini shakllantirishda yer so‘rab murojaat qilgan 32 nafar fuqaroning har biriga «Har bir yoshga bir gektar» loyihasi doirasida 50 sotixdan jami 16 gektar ekin yer maydoni foydalanish uchun taqsimlab berildi», deyiladi Mirzaobod tumani hokimligi axborot xizmati xabarida.
Shu yerning o‘zida har bir yoshga yer ajratish bo‘yicha tuman hokimi qarorlari topshirilgan.
Mavzuga oid
19:22
Tadbirkorlarni quyosh paneli olishga majburlagan Sirdaryo HETK: “Prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilingan”
08:58
Sirdaryoda elektrdan uzilgan tadbirkorlar hokimiyat binosi oldiga yig‘ildi
21:19 / 05.09.2024
Uchta viloyat chegarasiga o‘zgartirish kiritilmoqda
11:55 / 27.08.2024