Moderna ishlab chiqarishdagi nuqson sababli 400 ming doza vaksinasini yo‘q qildi
400 ming doza vaksina 1,4 milliona dozadan iborat partiyaning bir qismi bo‘lgan.
Amerikaning Moderna biotexnologiya kompaniyasi ishlab chiqarishda yuzaga kelgan muammolar sababli koronavirusga qarshi mo‘ljallangan 400 ming doza vaksinasini yo‘q qilishga majbur bo‘ldi.
Xususan, yakuniy bosqichda filtratsiya faoliyatida nosozlik qayd etildi, deb yozadi Bloomberg AQSh hukumatining vaksinalar bo‘yicha maslahatchisi Monsef Slauiga asoslanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 400 ming doza vaksina 1,4 million dozadan iborat partiyaning bir qismi bo‘lgan.
“Bunday nosozliklar murakkab texnologik jarayonlar uchun odatiy hol”, — deya ta'kidladi immunolog.
“Moderna bu oyda rejalashtirilgan 20 million doza vaksinani ishlab chiqara oladi va 2021 yilning birinchi choragida AQSh uchun 85 milliondan 100 million dozagacha vaksina ishlab chiqaradi”, — deb ma'lum qildi Moderna vakili Rey Jordan.
Avvalroq AQSh hukumati koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan kompaniyalarga, jumladan Pfizer va Moderna’ga ularning vaksinalarini sinagan ko‘ngillilarda jiddiy ikkilamchi ta'sirlar paydo bo‘lsa, javobgarlikdan immunitet bergandi.
Mavzuga oid
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
00:00 / 06.09.2024