Jahon | 19:27 / 19.12.2020
10820
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga chalingan Makronning salomatligi haqida ma'lumot berildi

Emmanuel Makronda 17 dekabrda COVID-19 aniqlangandi.

Foto: AFP

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning holati barqaror deb baholanmoqda. Bu haqda uni davolayotgan shifokor Jan-Kristof Perroshon ma'lum qildi.

 «Unda hali ham COVID-19 kasalligi simptomlari  (charchoq, yo‘tal, tanadagi og‘riqlar) kuzatilmoqda. Ammo bu uning o‘z vazifasini bajarishiga xalaqit bermayapti», — dedi shifokor.

Emmanuel Makronda 17 dekabrda COVID-19 aniqlangandi.

Amaldagi sanitar qo‘llanmalarga ko‘ra, davlat rahbari bir hafta davomida o‘zini ihotalaydi. U masofadan turib ishlashda davom etadi.

Mavzuga oid