Jahon | 17:30 / 19.12.2020
3409
1 daqiqa o‘qiladi

Yana bir mamlakatda Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

8 dekabrda Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshladi. Britaniya hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqargan vaksinadan foydalanmoqda.

Foto: AP

Shveytsariyaning dori bozorini nazorat qilish organi mamlakat hududida Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Swissmedic xabar bermoqda.

 "Shveytsariya terapevtik mahsulotlarni muvofiqlashtirish organi bergan ma'lumotga ko‘ra, vaksina ikkinchi marta kiritilganidan so‘ng yetti kun o‘tgach uning himoyalash darajasi 90 foizdan oshadi", - deyiladi xabarda.

 Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrda Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi ommaviy emlashni boshladi. Britaniya hukumati Pfizer va BioNTech kompaniyalari hamkorlikda ishlab chiqargan vaksinadan foydalanmoqda.

 Yevropa dori vositalari bo‘yicha agentligi BioNTech va Pfizer kompaniyalari vaksinasini qo‘llashga 21 dekabrda ruxsat berishi kutilmoqda.

Mavzuga oid