Light | 19:29 / 20.12.2020
100062
2 daqiqa o‘qiladi

Barak Obama o‘z talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi kitoblarini e'lon qildi

AQShning 44-prezidenti Barak Obama 2020 yilgi mutolaa davomida o‘ziga eng ma'qul kelgan kitoblar ro‘yxatini tuzdi. U ro‘yxatni tvitter sahifasida e'lon qilgan.

Foto: Ryan Pfluger / August

 

Obama o‘zi yozgan, noyabr oyida taqdimoti o‘tkazilgan «Orzudagi zamin» kitobini ro‘yxatga kiritmagan.

«AQShning 44-prezidenti yozgan «Orzudagi zamin» juda ajoyib kitob deb hisoblasam-da, uni ro‘yxatga kiritmagan holda, joriy yilda menga juda manzur kelgan kitoblarni taqdim qilaman», deya hazillashgan u.

 

Sobiq prezidentning ro‘yxatidan quyidagi kitoblar o‘rin olgan:

  • «Qadrdon marsiyalar» (Homeland Elegies), Ayad Ahtar;
  • «Jyek» (Jack) , Merilin Robinson;
  • «Kasta» (Caste) , Izabel Velkirmon;
  • «Buyuklar va jirkanchlar» (The Splendid and the Vile), Erik Larson;
  • «Jilo» (Luster), Reyven Leylani;
  • «Bu tepaliklarning qanchasi oltin» (How Much of These Hills is Gold), K.Pem Chjan;
  • «Uzun va yorqin daryo» (Long Bright River), Liz Mur;
  • «Memorial drayv» (Memorial Drive), Natasha Tretevey;
  • «Demokratiya shomlari» (Twilight of Democracy), Enn Epllbaum;
  • «Rohib King Kong» (Deacon King Kong), Jyeyms Makbrayd;
  • «Hujjatsiz amerikaliklar» (The Undocumented Americans), Karla Kornexo Vilyavisensio;
  • «Yo‘qolib borayotgan yarim» (The Vanishing Half), Brit Bennet;
  • «Shisha mehmonxona» (The Glass Hotel), Emili Sent-Jon Mandel;
  • «Yashirilgan vodiy yo‘li» (Hidden Valley Road), Robert Kolker;
  • «Kelajak vazirligi» (The Ministry for the Future), Kim Stenli Robinson;
  • «Qutqaruvchilar davridagi nahanglar» (Sharks in the Time of Saviors), Kavai Strong Vashbern;
  • «Missionerlar» (Missionaries), Fil Kley.

Avvalroq Microsoft asoschisi Bill Geyts 2020 yil yakunida mutolaa uchun tavsiya qilgan kitoblar ro‘yxati e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid