Davlat xavfsizlik xizmati o‘z faoliyatiga oid qonunni yangi tahrirda qabul qilishni taklif etmoqda
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati «O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqdi.
Amaldagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida»gi qonunni yangi tahrirda qabul qilish taklif etilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
17 dekabr kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga yangi tahrirdagi qonun loyihasi ommaviy muhokama uchun taqdim etildi.
DXX ma'lumotiga ko‘ra, amaldagi qonunda davlat chegarasi bilan bog‘liq asosiy tushunchalar berilmaganligi sababli, faoliyat davomida fuqarolar, vazirliklar va idoralar tomonidan turli tarzda talqin qilinishiga olib kelmoqda. Natijada Davlat chegarasini jihozlashda, vazirlik va idoralar tomonidan o‘z vakolati doirasida belgilangan vazifalarni bajarishida bir qator muammo va tushunmovchiliklar kelib chiqmoqda.
Yangi tahrirdagi qonun loyihasida davlat chegarasida sodir etilgan ayrim toifadagi huquqbuzarliklar (davlat chegarasi rejimi, chegara rejimi, o‘tkazish punktlaridagi rejim buzuvchilari) tasniflangan. Shuningdek, chegaraoldi hududlarda xo‘jalik va boshqa faoliyatni yuritish tushunchasi kengaytirilgan holda bayon etilgan.
Loyihada davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qo‘llash tartibi yoritilgan. Bundan tashqari, DXX Chegara qo‘shinlari xizmat faoliyatida davlat chegarasi buzuvchilarini qo‘lga olish jarayonida ularga shikast yetkazishni minimallashtirishga qaratilgan maxsus vositalarni qo‘llash tartibi belgilangan.
Qonunning yangi tahriri 10ta bob va 71ta moddadan iborat bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgarishlarni oladi:
- Asosiy tushunchalar mohiyatini va ularning ta'riflarini har xil talqin qilinishi oldini olish maqsadida, tushunchalar apparati joriy etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini o‘rnatish va belgilash tartibini batafsil ta'riflash bilan qo‘shimchalar kiritildi.
- «Davlat chegarasi rejimi» tushunchalari yoritilib, «Davlat chegarasi rejimini buzish» tushunchasi, uning tasniflanishi, turlari bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi.
- Chegara zonasini belgilashdan kelib chiqib, chegara mintaqasiga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilgan; chegara zonasiga kirish (chiqish), o‘tish, bo‘lish (yashash), shaxslarning harakatlanishi, xo‘jalik va boshqa faoliyatni olib borish tartibi yoritilgan; «Chegara rejimini buzish» tushunchasiga qo‘shimcha kiritildi va uning buzilish turlari toifalashtirildi.
- «O‘tkazish punktlaridagi rejim» tushunchalarini batafsil yorituvchi qo‘shimchalar kiritildi; shaxslar va transport vositalarini kirish, chiqish, tovarlarni boshqa mol-mulk va hayvonlarni o‘tkazish punktlariga (punktlaridan) olib kirish, olib chiqish tartibi, yo‘lovchilarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, o‘tkazish punktida Davlat chegarasini kesib o‘tuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari, «O‘tkazish punktidagi xo‘jalik va boshqa faoliyat», «O‘tkazish punktida rejimni buzish» tushunchalari yoritildi.
- Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda tegishliligi bo‘yicha ishtirok etuvchi vazirlik, qo‘mita va idoralar (Favqulodda vaziyatlar, Qishloq xo‘jaligi, Suv ho‘jaligi, Sog‘liqni saqlash, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish, Transport vazirliklari, Davlat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitalari va Milliy gvardiya) vakolatlari yoritildi.
- Xalqaro tajribadan kelib chiqib fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishdagi ishtiroki alohida bob bo‘lib kiritildi.
Ushbu qonun loyihasi yuzasidan fikr va mulohazalarni 2021 yil 1 yanvarga qadar portal orqali bildirish mumkin.
Mavzuga oid
17:25 / 04.11.2024
Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida besh nafar advokat qo‘lga olindi
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
12:21 / 11.10.2024
DXX Afg‘oniston, Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan narkotik moddalarni musodara qildi
15:11 / 05.10.2024