Jahon | 15:33 / 22.12.2020
4453
1 daqiqa o‘qiladi

Tayvanda apreldan buyon birinchi marta mahalliy fuqaroda koronavirus aniqlandi

Avvalroq, Tayvanda bo‘lib turgan uch nafar filippinlikda COVID-19 aniqlangandi.

Foto: EPA

Tayvanda 253 kunlik tanaffusdan so‘ng ilk bor mahalliy aholi orasida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bitta holat qayd etildi. Bu haqda Tayvan markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Tayvanlik fuqaro Yangi Zelandiyadan kelgan muhandis bilan muloqotda bo‘lganidan so‘ng kasallik yuqtirib olgan. 

Avvalroq, Tayvanda bo‘lib turgan uch nafar filippinlikda ham COVID-19 aniqlangandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Tayvanda 771 kishi koronavirusga chalingan, yetti kishi vafot etgan.

Mavzuga oid