2020 yilda tibbiyot OTMlariga o‘tgan yilgidan 34 foizga ko‘p talaba qabul qilindi - Hojiboyev
2020 yilda O‘zbekistondagi OTMlarning tibbiyot yo‘nalishlariga 6 mingdan ortiq talaba o‘qishga qabul qilindi. Bu – 2019 yilga nisbatan 34 foizga ko‘p.
Bu haqda Abduhakim Hojiboyev 2020 yil davlat dasturida sog‘liqni saqlash tizimiga yuklangan vazifalar haqida bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Aytish kerakki, so‘nggi yilda ayniqsa tibbiy kadrlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda kvotalar oshirildi. Joriy yilda 6 mingdan ortiq talabalar qabul qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 34 foizga ko‘pdir», – dedi vazir.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan 8ta tibbiyot oliygohlari va ularning filiallari xorijning qator tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.
«Hozirgi kunda 20dan ortiq davlatlarning tibbiyot universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatilgan. Jumladan, Rossiya, Ukraina, Turkiya, Hindiston va boshqa davlatlar.
Bundan tashqari, bir nechta yangi tibbiyot institutlari tashkil qilinyapti. Masalan, Jizzax shahrida Rossiyaning Pirogov nomidagi davlat universiteti bilan hamkorlikda tibbiy oliygoh tashkil qilinyapti. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Turkiyadagi taniqli ilmiy tibbiyot universitetining filiali ochilishi bo‘yicha ishlar olib borilayapti. Bu jarayonlar davom etyapti», – dedi Hojiboyev.
Vazir o‘rta tibbiyot kadrlarini tayyorlash masalasiga ham to‘xtaldi.
«O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlovchi tibbiyot kollejlarida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Davlat rahbari qarorlari asosida ular Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlariga aylantirildi. Ana shu 47ta texnikumga joriy yilda 60 mingdan ortiq talabalar qabul qilindi.
Ularning nafaqat nomi o‘zgardi, balki o‘quv dasturlariga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini tatbiq qilish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillarini kiritish, jismoniy faollik va turli xil zararli odatlardan qutilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlarga kiritilgan va ularni hozirda amaliyotga tatbiq etish boshlandi», – dedi sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev.
Mavzuga oid
19:34 / 05.04.2024
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga yangi rektor tayinlandi
15:31 / 05.04.2024
Magistratura bosqichiga chet tili sertifikati talabi qo‘yilgani sabab OTMlar moliyaviy zarar ko‘rgan – hisobot
12:36 / 29.03.2024
“Bu holatga endi yo‘l qo‘yilmaydi” - vazirlik OTM xodimlaridan ma’lumotlarni kirill yozuvida berishni so‘rab yozgan xatiga munosabat bildirdi
16:43 / 09.03.2024