O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonda 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurib bitkazildi
Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjay tumanida O‘zbekiston ko‘magi bilan 200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurib bitkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘iziston Respublikasida bo‘lib qaytdi. Delegatsiya Botken viloyati Qadamjay tumani Markaziy tuman shifoxonasida bo‘ldi. U yerda Qirg‘iziston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev va Qirg‘iziston hukumatining boshqa vakillari ishtirokida shifoxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama muloqotlar davomida sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, shu jumladan, COVID-19'ga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar yuqumli kasalliklarni davolash, tashxislash va oldini olish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Beyshenaliyev yuqumli kasalliklar shifoxonasining qurilishi, uning jihozlanishida ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak va taqdim etilayotgan gumanitar yordam uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, pandemiya davrida moliyaviy imkoniyatlar hamda davolash muassasalarida o‘rinlar yetishmayotgan murakkab sharoitda o‘zbekistonliklarning ushbu ko‘magi yuqori baholanishini aytib o‘tdi.
Zamonaviy shifoxona qurilishi va jihozlanishi to‘liq O‘zbekiston tomonidan moliyalashtirildi va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirildi. Muassasa zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
200 o‘rinli yuqumli kasalliklar shifoxonasining ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va o‘zbek xalqiga minnatdorlik bildirishdi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
19:32 / 07.11.2024