AQShda politsiya tomonidan yana bir afroamerikalik o‘ldirilgandan keyin noroziliklar boshlandi
AQShning Kolumbus shahrida politsiyachi qurolsiz afroamerikalik Andre Moris Xillni otib tashlagandan keyin mahalliy aholi tomonidan norozilik aksiyasi uyushtirildi.
Ma'lum qilinishicha, politsiyaga 47 yoshli afroamerikalikning qo‘shnilaridan biri qo‘ng‘iroq qilib, garajdan avtomobil dvigateli shovqini kelayotganini ma'lum qilgan. Politsiyachi voqea joyiga kelganda garajlardan birining eshigi ochiqligini ko‘rgan. U yerdan qora tanli kishi chiqib kelganda, politsiyachi bir necha metr ortga qadam tashlab, erkakka o‘q uzgan. Erkak voqea joyida halok bo‘lgan.
Voqea tergovi vaqtiga qadar politsiyachi vaqtincha o‘z lavozimidan chetlatilgan.
Xill o‘ldirilgan joyda namoyishchilar to‘plana boshlashgan.
AQShda may oxirida politsiya qo‘llagan zo‘ravonlik oqibatida afroamerikalik Jorj Floyd hayotdan ko‘z yumgandan keyin ommaviy noroziliklar boshlanib ketgandi. 26 oktyabrda Filadelfiyada yana bir qora tanli Uolter Uolles politsiyachilar qurboniga aylangandi va uning o‘limi yangi noroziliklarga olib kelgandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024