«Sardoba ishi» bo‘yicha sud boshlandi. Ish yopiq tarzda ko‘rilyapti
Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan jami 17 kishiga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli yopiq tarzda ko‘rilyapti.
Joriy yilning 21 dekabr kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati tomonidan sudlanuvchilar M. Xolmatov (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha yopiq sud jarayoni boshlandi.
Oliy sud xabariga ko‘ra, ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rilyapti.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
“Sud jarayoni davom etmoqda. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha alohida bayonot beriladi”, - deyiladi mahkama xabarida.
Eslatib o‘tamiz, mazkur suv omborining qurilish ishlari 2010 yilda boshlanib, 2017 yilda yakuniga yetkazilgan edi.
1 may kuni ertalab suv omborida to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Suv toshqini natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi aholi punktlari va ekinlarga zarar yetdi. Binolar, yo‘llar, kommunikatsiyalar vayron bo‘ldi. Uchta tumandagi 22 ta qishloqdan 60 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.
Mavzuga oid
08:23 / 28.09.2024
“G‘azalkent” suv ombori tadbirkorlarga ijaraga beriladi
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
18:57 / 21.03.2024