Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 80 milliondan oshdi
Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirganlar soni 80 milliondan oshdi. Bu haqda Worldometers xabar bergan.
Worldometers'ga ko‘ra, kecha dunyoda virus yuqtirganlar soni 79 million 722 ming 398 nafarni tashkil etayotgandi. Toshkent vaqti bilan 26 dekabr 00:40 holatiga ko‘ra, saytdagi koronavirus hisoblagichi virus yuqtirganlar soni 80 million 45 ming nafardan oshganini ko‘rsatmoqda. Dunyo bo‘ylab o‘limlar soni 1,75 milliondan oshgan.
Kecha eng ko‘p virus yuqtirish holati doimgidek AQShda kuzatilgan – 193 ming nafar. Braziliyada oxirgi sutkada 58 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan bo‘lsa, yangi virus o‘chog‘iga aylangan Britaniyada bu ko‘rsatkich 39 ming nafardan oshgan. Rossiya (29 ming), Germaniya (26 ming), Hindiston (23 ming) va Fransiyada (21 ming) ham kunlik o‘sish yuqori bo‘lgan.
Dunyoda virus yuqtirish bo‘yicha hamon AQSh yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda hozirgacha 19,1 milliondan ortiq odam virus yuqtirib ulgurdi va 337 mingdan ortiq amerikalik halok bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarda Hindiston (10,1 million) va Braziliya (7,4 million) bormoqda. Rossiya, Fransiya, Britaniya, Turkiya va Italiyada virus yuqtirganlar soni 2 milliondan oshgan. Ispaniya, Germaniya, Argentina, Kolumbiya, Meksika, Polsha, Eron, Ukraina va Peruda virus yuqtirganlar soni 1 milliondan oshgan.
«Koronavirus vatani» bo‘lgan Xitoy virus yuqtirganlar soni bo‘yicha 80-o‘ringa tushib ketdi. Ayni damgacha Xitoyda 86 mingdan ortiq odamda virus aniqlangan. Oxirgi vaqtlarda Bahrayn (91 ming), Keniya (95 ming) va Jazoir (97 ming) bu borada Xitoyni ortda qoldirdi.
Eng ko‘p test o‘tkazish bo‘yicha hamon AQSh yetakchilik qilmoqda. Hozirgacha 242 million 312 mingdan ortiq amerikalik koronavirusga test topshirgan. Bu borada Hindiston (166 million) Xitoyni (160 million) ortda qoldirdi. Rossiya esa 88 million fuqarosini testdan o‘tkazishga ulgurdi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023