Fotoreportaj: Davlat va jamoat arboblari – Ko‘ksaroyda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bir guruh vatandoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi.
Avgust oyida, O‘zbekiston mustaqilligining 29 yilligi arafasida ko‘plab sohalar vakillari prezident farmonlari asosida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.
28 dekabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi; faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan vatandoshlarni shaxsan qutladi.
«Biz keyingi yillarda yaxshi an'anani yo‘lga qo‘yib, yurtdoshlarimizga mukofotlarni bayram kunida topshirib kelayotgan edik. Afsuski, bu yilgi pandemiya sharoitida odamlarimizning sog‘lig‘ini asrash uchun ushbu xayrli tadbirni biroz keyinga surishga to‘g‘ri keldi. Ezgulikning kechi yo‘q, deydilar. Nasib etgan ekan, mana bugun sizlar bilan Yangi yil bayrami arafasida yuzma-yuz ko‘rishib, diydorlashib turibmiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kun.uz fotomuxbiri san'at, siyosat va jamoat arboblarini bir joyga to‘plagan tantanali tadbirdan fotoreportaj taqdim etadi.