O‘zbekiston | 21:51 / 28.12.2020
30018
5 daqiqa o‘qiladi

Vatandoshlar hayotidan lavhalar: Kun.uz'ning Rossiyaga safaridan barcha maqolalar

Kun.uz muxbirlari 2019 yilning noyabr–dekabr oylari davomida Rossiyada mehnat safarida bo‘lib, o‘zbek migrantlari hayotiga doir turkum ko‘rsatuvlar tayyorlagan edi.

Muxbirlar ko‘rsatuv, maqola va intervyularida Rossiyadagi bir necha millionlik vatandoshlar turmushi, ularni qiynayotgan muammolar, turli kasb va moliyaviy sharoit egalarining hayotini jonli misollarda ko‘rsatishga urindilar.

Suhbatdoshlar orasida Rossiyada avtochilangarlik va suvoqchilik qiladigan o‘zbekistonlik ayollar, muztarosh yigit, avtotyuning atele ochgan kosib, Zambiya elchixonasida ishlayotgan vatandosh, o‘zining «barber shop» xizmatiga asos solgan sartarosh, muhojirlikda baxtini topgan qo‘qonlik hamyurtimiz kabilar bo‘ldi.

Bundan tashqari, vatandosh-talabalar, bosh konsul, mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakili, markaziy osiyolik migrantlarga xizmat ko‘rsatuvchi yuristlar bilan ham suhbatlar tashkil etildi.

Aksari maqola ham video tarzida tayyorlangan ushbu materiallar yilning birinchi choragida Kun.uz sahifalarida e'lon qilib borildi. Tahririyat 2020 yildagi faoliyati sarhisobini qilarkan, ushbu safardan tayyorlangan maqolalarni qayta e'lon qilishni joiz deb topdi.

Rossiyadagi vatandoshlar hayotidan lavhalar

  • Rossiyadagi hayot, odamlarning munosabati, 15-16 soatlik ish, qiyinchiliklar va orzular. Musofirchilikdagi o‘zbek ayoli bilan suhbat
  • «Qanday yasaganimni o‘zim bilmayman». Kreml buyurtmalarini yasovchi o‘zbek muztarosh hikoyasi
  • Moskvada sartaroshxona ochgan o‘zbek: «Boshida patentga ham pulim yo‘q edi»

  • «Tunda qurilishda ishlab, kunduzi hunar o‘rganardim». Moskvada avtochilangarlikni o‘rgangan ayol hikoyasi
  • «Bizni xo‘rlab, o‘zga yurtda tashlab ketdi». Rossiyada farzandlari bilan yolg‘iz qoldirilgan ayollar hikoyasi

  • «Oyligim 650 ming so‘m edi» — Rossiyada taksichilik qilayotgan vatandosh O‘zbekistondagi hayoti va buguni haqida
  • «Farzandlarim mehnat muhojiri bo‘lishini xohlamayman» — Moskvada telefon tuzatuvchi vatandosh
  • «2 mln oylik bo‘lsa, qarigan chog‘larida ota-onamni tashlab kelmasdim». Musofirlikdagi orzu-armonlar

  • «Qiziqchi Zelenskiy prezident bo‘ldi, men – avtobo‘yoqchidan aktyor». Zelenskiyning qiyofadoshi bilan suhbat
  • Payg‘ambar tibbiyotini o‘rgangan Yelena va Rossiyada baxtini topgan Bahrom aka hikoyasi

  • «Ishimni Moskvada reklama tarqatishdan boshlagandim» — Zambiyaning Rossiyadagi elchixonasida ishlayotgan o‘zbek muhojiri hikoyasi
  • «Topayotganim faqat kun o‘tkazishimga yetadi» — Moskvadagi patensiz muhojirlar qayerda ishlaydi?
  • Hunar – hunardan unar! Ishini garajda boshlagan o‘zbek kosibi hikoyasi

  • «O‘rtacha to‘lov – oyiga 12 dollar». Moskvadagi o‘zbek talabalari yashayotgan yotoqxona hayotidan bir lavha
  • «Bilimingizga qarashadi, hamyoningizga emas» — Moskvada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan suhbat
  • Moskvada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf madrasasi borligini bilasizmi? Kun.uz'da eksklyuziv suhbat

Taassurotlar

  • O‘zbek migrantining izlarini bosib… yoxud Rossiyaga safar taassurotlari
  • Qozog‘istonlik ayrim chegarachilarning «hurmati juz-juz»mi? Rossiyaga safar sarguzashtlari

  • «Vatandoshingizning ojizligini ko‘rib ichingiz achiydi» — Rossiyaga safardan jurnalist taassurotlari
  • Rossiya safari. Moskva politsiyasining O‘zbekiston elchixonasiga «alohida e'tibori» haqida

  • O‘zbekiston temir yo‘llari vagonlarida biohojatxonalar qachon paydo bo‘ladi?

Tahliliy maqola va suhbatlar

  • Rossiyadan vatandoshlar jasadini olib kelish: vaqt, xarajat va vositachilar haqida

4HYkmNpaTfWjmfDYCpasn2UMWBOblRdZ.jpg (740×351)

  • Rossiyada o‘zbek migrantlari duch kelayotgan asosiy muammolar qaysi? Migratsiya bo‘yicha yurist bilan suhbat
  • «YeOIIga kirish juda ham kuchli salbiy ta'sir ko‘rsatadi». Rossiyadagi o‘zbek muhojirlari yuristi bilan suhbat
  • «Migrantni tuhmat bilan qamab yuborish oson» — yurist Rossiya huquq tizimi va muhojirlar haqida

  • «Rossiyadagi o‘zbeklar orasida jinoyatchilik darajasi past» — O‘zbekiston bosh konsuli
  • «O‘qishdan haydalgan, ammo yaqinlari bilmaydi. Bosh konsul farzandlari Rossiyada tahsil olayotgan ota-onalarga murojaat qildi
  • Bosh konsul: Migrantlar ishga boraversa, ish beruvchi sharoitni yaxshilashga urinib ham ko‘rmaydi

Ijtimoiy so‘rov

  • Moskvada ijtimoiy so‘rov: migrantlar O‘zbekistondagi saylov haqida qanday fikrda?
  • «Parlamentda Migrantlar qo‘mitasi ochilsin» — Moskvadagi saylovchilarda qanday takliflar bor?
  • «Patent bo‘lmasa, boshqasini o‘ylab topishadi» — Rossiyadagi o‘zbekistonliklar YeOIIga qo‘shilish oqibatlari haqida

Mavzuga oid