Xitoy CNBG kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi jahon bozorida sotilishiga ruxsat berdi
Vaksina sinovlari uning «yuqori darajadagi xavfsizligi»ni ko‘rsatgan, samaradorligi esa 79,34 foizni tashkil etadi.
Xitoy oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi China National Biotec Group (CNBG) kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinaning bozorda sotilishiga ruxsat berdi. Bu haqda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Chen Shifey ma'lum qildi.
Shifeyning so‘zlariga ko‘ra, vaksina sinovlari uning «yuqori darajadagi xavfsizligi»ni ko‘rsatgan, samaradorligi esa 79,34 foizni tashkil etadi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksina Xitoy va boshqa mamlakatlarda uch bosqichli klinik sinovlardan o‘tgan. Vaksinaning jiddiy nojo‘ya ta'sirlari aniqlanmadi, dedi Shifey. Endilikda vaksina bozorga chiqishi va butun dunyoda keng qo‘llanilishi mumkin.
Dekabrda qator mamlakatlar Pfizer, Moderna va AstraZeneca vaksinalarini ma'qullagandi, ammo ulardan asosan shoshilinch foydalanish uchun ruxsat berilgan.
CNBG Sinopharm farmatsevtika kompaniyasi tomonidan nazorat qilinadi. Avvalroq kompaniya 2021 yilda 1 mlrd dozagacha vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirganini ma'lum qilgandi. Sinopharm vaksinasidan Birlashgan Arab Amirliklaridan foydalanishga ruxsat berilgan, 1 mln dozadan ortiq vaksina Indoneziya, yana shuncha vaksina Braziliyaga yetkazib berilgan. Turkiya 50 mln, Meksika 35 mln doza vaksinaga buyurtma bergan.
Mavzuga oid
18:38 / 15.12.2021
YeI mamlakatlarida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi
20:51 / 05.08.2021
Vaksinalar: qaysi davlat qancha buyurtma bergan?
19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi
17:15 / 27.03.2021