O‘zbekiston Tojikistonda koronavirusga chalinganlar uchun yangi obekt qurishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Tojikistonda koronavirusga chalinganlarni qabul qiluvchi-taqsimlovchi obekt qurishni rejalashtirmoqda. Yangi obekt Xatlon viloyatining Kubodiyon tumanidagi tibbiy markaz negizida quriladi.
Obektning jihozlanishi “O‘zbekneftgaz” AJ hisobidan amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Asia-Plus nashri.
Tojikistonda O‘zbekiston qurishni rejalashtirayotgan obektning bugungi kunda muqobili yo‘q hisoblanadi. Bu yerda o‘rnatiladigan qurilmalar qisqa vaqt ichida insonda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash va virus aniqlangan bemorlarni malakali tibbiy yordam olish uchun viloyatdagi shifoxonalarga tezkorlik bilan jo‘natish imkonini beradi.
Kubodiyondagi zamonaviy tibbiy majmuaning qurilishi O‘zbekiston tomonidan 2018 yil 2-yarmida boshlangan edi va rejaga ko‘ra, 2021 yil bahoriga bemorlarni qabul qilish uchun tayyor bo‘ladi.
Markazning qurilishi O‘zbekiston hukumatining Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil martda Dushanbega tashrifi vaqtida ma'qullangan loyihalaridan biri hisoblanadi.
O‘shanda erishilgan kelishuvlar doirasida, shuningdek, O‘zbekiston hisobidan So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida 2020 yil sentyabrda 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan yangi maktab foydalanishga topshirilgandi.
Tojikiston tomoni bunga javoban Samarqandda 640 o‘quvchi uchun maktab va Farg‘ona viloyatida bolalar bog‘chasi qurishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024