O‘zbekiston | 12:13 / 05.01.2021
45741
2 daqiqa o‘qiladi

6 yanvar kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 17 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya xizmati markazi 6 yanvar kuni O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma'lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 3-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 0-5 daraja, Ustyurtda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, Navoiy viloyatining shimolida 12-17 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid