O‘zbekiston | 18:13 / 12.01.2021
6552
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilda yarim milliondan ortiq o‘zbekistonlikka “zagranpasport” berilgani ma'lum qilindi

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov o‘tgan yili 543 173 nafar fuqaroga xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berilganini ma'lum qildi.

«2020 yil 12 oy davomida xorijga chiqish masalasida murojaat qilgan jami 543 173 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirib berildi.

Qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston fuqarolari xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun doimiy ro‘yxatdan o‘tgan ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari belgilab berilgan», — deb aytgan Dilshodbek Murodbekov 12 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Uzbekistan Airways 2021 yilning 1 yanvaridan o‘zbekistonliklar faqat «qizil pasport» bilan mamlakat tashqarisiga chiqa olishi haqida eslatma bilan chiqqan edi.

Avvalroq IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Faxriddin Tursunov «zagranpasport» vaqtincha propiska qilingan joydan ham berilishi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga oid