Ikkita bank Tramp bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda
Anchadan buyon Tramp oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi Nyu-Yorkdagi Signature Bank prezidentning 5,3 mln dollarga yaqin mablag‘i saqlanayotgan ikkita shaxsiy hisobraqamini yopmoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning oila a'zolariga xizmat ko‘rsatuvchi Deutsche Bank va Signature Bank banklari u bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Deutsche Bank Tramp va uning kompaniyasi bilan har qanday tadbirkorlik aloqalarini to‘xtatishga qaror qilgan. Shu bilan birga, AQSh prezidentining Germaniya bankidan 300 mln dollardan ortiqroq qarzi bor.
O‘z navbatida, ancha vaqtdan buyon Tramp oilasiga xizmat ko‘rsatuvchi Nyu-Yorkdagi Signature Bank prezidentning 5,3 mln dollarga yaqin mablag‘i saqlanayotgan ikkita shaxsiy hisobraqamini yopmoqda.
Signature Bank rasmiy bayonotida Trampni "mamlakat va xalq manfaatlari uchun" iste'foga chiqishga chaqirgan.
Signature Bank AQSh prezidenti va uning oilasi qizi Ivanka Tramp hamda kuyovi Jared Kushnerning asosiy banki edi. shuningdek, Trampning advokati Maykl Koen ham ushbu bank xizmatidan foydalanib kelgan.
Mavzuga oid
21:16 / 26.12.2024
Tramp Meksika va Kanadaga AQSh shtatlari bo‘lishni taklif qildi
14:17 / 26.12.2024
OAV: Tramp Panama kanalini olishga jiddiy qaror qilgan
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
18:22 / 25.12.2024