Qirg‘izistonda koronavirusdan vafot etganlarning o‘limi uchun sobiq bosh vazirlar javobgarlikka tortilishi ma'lum qilindi
Sobiq bosh vazirlar koronavirusga qarshi kurashish doirasida keltirilgan humanitar yordamni yetkazib berishda mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilgan.
Qirg‘iziston sobiq bosh vazirlari Muhammedqaliy Abilgaziyev va Kubatbek Boronov pandemiya davrida odamlarning o‘limiga olib kelgan harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi lozim, dedi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish xizmati rahbari Siymiq Japikeyev.
"Kimdir javob berishi kerak, mingdan ortiq inson o‘ldi va bunga hech kim javobgar bo‘lmaydimi? Pandemiyaga aloqador barcha - Muhammedqaliy Abilgaziyev, Kubatbek Boronov, Altinay Omurbekova (2020 yil apreliga qadar bosh vazir o‘rinbosari), ikki nafar sobiq sog‘liqni saqlash vaziri va moliya vazirligi vakili – ularning barchasi javob beradi, ishni oxirigacha yetkazamiz", - dedi Japikeyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov koronavirusga qarshi kurashish uchun qancha miqdorda moliyaviy, texnik va humanitar yordam olinganligini aniqlaydi.
"Biz pandemiyaga aloqador barchani so‘roq qilishni rejalashtirganmiz, hech kimni ayamaymiz. Birinchi navbatda odamlar o‘limi uchun javobgar bo‘lishlari kerak. Bunga aloqador ko‘pchilik qo‘lga olinishi mumkin", - dedi Japikeyev.
Xabar qilinishicha, Abilgaziyev va Boronov koronavirusga qarshi kurashish doirasida keltirilgan humanitar yordamni yetkazib berishda mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roqqa chaqirilgan. Ushbu ishda sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev asosiy gumondor bo‘lib turibdi.
Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 82495ta koronavirus yuqtirish holati aniqlangan, 1374 kishi vafot etgan.
Abilgaziyev 2018 yil apreldan 2020 yil iyungacha, Boronov iyundan oktyabrgacha hukumat rahbari bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024