Koronavirusning kechishi og‘irligi nimaga bog‘liqligi aniqlandi
Ispaniyadagi Saratonni o‘rganish milliy tadqiqot markazi olimlari koronavirusning kechishi og‘irligi inson xromosomalarini shikastlanishlardan himoyalovchi DNK “uchlari” - telomerlar uzunligiga bog‘liqligi haqidagi xulosaga kelishdi.
Olimlarning fikricha, koronavirusning asoratlaridan biri telomerlarning qisqarishi hisoblanadi. Bu o‘z navbatida o‘pka to‘qimalari tiklanishiga to‘sqinlik qiladi va ba'zi bemorlarda uzoq davom etuvchi asoratlar keltirib chiqaradi.
“Telomerlar uzunligi odatda inson qarishi davomida qisqarib boradi, biroq koronavirusning og‘ir shakllarida ushbu holat insonning yoshidan qat'iy nazar kuzatilgan. Tadqiqot davomida koronavirusni og‘ir o‘tkazgan bemorlarda telomerlar uzunligi ancha qisqaligi aniqlangan. Bunda bemorlarning yoshi ushbu holatga hech ham ta'sir ko‘rsatmagan”, deb aytilgan tadqiqotda.
Olimlar telomerlar uzunligi qisqarishini odatda qarish bilan bog‘lashadi, chunki hujayralar har safar bo‘linganda telomerlar uzunligi qisqarib boradi va sekin-asta hujayra shikastlanib, bo‘linishdan to‘xtaydi. Natijada hujayralar bo‘linishining izdan chiqishi qarishga olib keladi.
“Yangi xulosalar avval o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalarini tasdiqlaydi. Ularda o‘pka fibroziga (shu jumladan, koronavirusga xos bo‘lgan) sabablardan biri o‘pka to‘qimasining tiklanishida ishtirok etuvchi hujayralar telomerlari shikastlanishi hisoblanishi ko‘rsatilgan. Bu hujayralar II turdagi pnevmotsitlar deb ataladi va koronavirus o‘pkani zararlash uchun aynan ulardan foydalanadi”, deb hisoblashmoqda mutaxassislar.
Avvalroq olimlar telomerlarni telomeraza fermentini faollashtirish yordamida uzaytirishga qaratilgan tajribaviy davolash o‘pka fibrozi va telomerlar qisqarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga samarali ta'sir ko‘rsatishini namoyish qilishgan. Endilikda ular ushbu yondashuvni koronavirusni davolash uchun ham sinab ko‘rishmoqchi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023