Jahon | 15:05 / 13.01.2021
6150
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda koronavirus yuqtirib olgan Armaniston prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Xabar qilinishicha, Armen Sarkisyanda kasallik og‘ir shaklda o‘tmoqda.

Foto: Armaniston prezidenti matbuot xizmati

Londonda koronavirus yuqtirib olgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan shifoxonaga yotqizildi.

"Koronavirus kasalligiga chalingan va uy sharoitida davolangan Armaniston prezidenti shifoxonaga yotqizildi. Kasallik og‘ir shaklda o‘tmoqda. Prezidentda ushbu holatga oid simptomlar, jumladan, yuqori harorat va ikki tomonlama zotiljam kuzatilmoqda", - deyiladi Armaniston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Armaniston prezidenti Londondagi shifoxonaga yotqizilgan.

5 yanvar kuni Armen Sarkisyan Londonga safari chog‘ida koronavirus yuqtirib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Xabarda aytilishicha, Armaniston prezidenti ta'til doirasida yangi yilni Londonda oilasi va nabiralari bilan kutib olgan. U 3 yanvar kuni Londonda oyog‘idan operatsiya qilindi. Keyinroq prezidentda koronavirus infeksiyasi alomatlari ko‘zga tashlangan va uning topshirgan testi musbat natija bergan.

Mavzuga oid