Jahon | 21:22 / 14.01.2021
3125
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda 10 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

AQSh Moderna va Pfizer/BioNTech kompaniyalaridan 30 million dozaga yaqin vaksina olgan. Mamlakatda birinchi navbatda shifokorlar va yoshi 65dan oshgan insonlar emlanmoqda.

AQShda 10 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Bu haqda AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 14 yanvar holatiga 10 mln 278 ming 462 nafar fuqaro emlangan. Mamlakat aholisi 328 million nafardan oshadi.

AQSh Moderna va Pfizer/BioNTech kompaniyalaridan 30 million dozaga yaqin vaksina olgan. Mamlakatda birinchi navbatda shifokorlar va yoshi 65dan oshgan insonlar emlanmoqda.

 Avvalroq AQSh hukumati koronavirusga qarshi emlanadigan aholi qamrovini kengaytirish maqsadida birinchi dozani olganlar uchun ikkinchi doza sifatida beriladigan vaksinalarni zaxira sifatida saqlamasligini bildirgandi.

 Mamlakat AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azarning aytishicha, AQSh ma'muriyati shtatlar hukumatlariga emlanadiganlar toifasini kengaytirishni tavsiya qiladi – birinchi navbatda yoshi 65dan yuqori bo‘lgan sog‘lom odamlar hamda yoshi 65dan kichik bo‘lgan bemorlar qamrab olinadi.

Mavzuga oid