Rasman: Abduqodir Toshqulov oliy ta'lim vaziri etib tayinlandi, qator OTMlar rektori o‘zgardi
O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi 6141-son farmoni bilan Abduqodir Toshqulov O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga tayinlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan:
Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori;
O‘ktam Salomov Farg‘ona politexnika instituti rektori;
Avazjon Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Avazjon Marahimov Milliy universitet rektori sifatida ishlab kelayotgandi. U 2016 yil oktyabridan buyon ushbu vazifada faoliyat yuritdi.
Avvalroq, Qonunchilik palatasi yig‘ilishida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov nomzodi ko‘rib chiqilgandi. Deputatlar tomonidan Abduqodir Toshqulov oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri lavozimiga ma'qullandi.
Eslatib o‘tamiz, Inom Majidov 2016 yil sentyabridan oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining birinchi o‘rinbosari, 2017 yil iyunidan esa vazir lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi.
Mavzuga oid
15:21 / 25.09.2024
Muammolar og‘ushidagi “oltin davr”: talabalarning o‘qishga vaqti bormi o‘zi?
15:23 / 21.09.2024
“Qo‘lingdan bitta jaket sotvolish kelmaydimi, uyatsizlar...” - TDPUda forma kiymagan talabalar bosimga uchradi
11:36 / 16.09.2024
Professor-o‘qituvchilar o‘zini birovga tobe insondek tutsa, kimni tarbiyalaydi?
22:45 / 17.07.2024