Jamiyat | 14:49 / 15.01.2021
2944
2 daqiqa o‘qiladi

Aziya-Invest Bank tomonidan The Bank of New York Mellon bilan hamkorlik o‘rnatildi

«O‘zmilliybank» AJning Rossiya Federatsiyasidagi shu'ba banki Aziya-Invest Bank doimiy ravishda moliyaviy xizmatlar turini kengaytirib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratib, xorijiy moliya institutlari bilan samarali hamkorlik qilmoqda.

Amerikaning yetakchi banklaridan biri The Bank of New York Mellon bilan 2020 yilda erishilgan kelishuvlar natijalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitim doirasida 2021 yilning 11 yanvarida xorijiy hamkor Aziya-Invest Bank uchun AQSh dollarida korrespondentlik hisob-raqami ochildi.

Bunday taniqli bank bilan hamkorlik qilish Aziya-Invest Bankning xalqaro hisob-kitoblar sohasidagi faoliyatini kengaytirishga, bank xizmatlari bozorida o‘rni oshishiga, xususan Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasida bank maqomini mustahkamlashga yordam beradi.

Aziya-Invest Bank uchun AQSh bankida to‘g‘ridan to‘g‘ri korrespondentlik hisob-raqamiga ega bo‘lish mijozlarning transchegaraviy to‘lovlari uchun AQSh dollarida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada moslashuvchan va samarali amalga oshirishga imkon beradi va uchinchi banklarning komissiyalarini bekor qilish orqali ularning xarajatlarini kamaytiradi.

The Bank of New York Mellon (qisqartirilgan BNY Mellon) Amerikaning eng yirik banki va moliya kompaniyalaridan biri bo‘lib, 2007 yilda Nyu-York banki (1748 yilda tashkil etilgan) va Mellon moliyaviy korporatsiyasining birlashishi natijasida tashkil topgan. Bankning asosiy faoliyati – investitsiyalar, aktivlarni boshqarish, hisob-kitob operatsiyalari, depozit xizmatlari va ishonchli g‘aznachilik operatsiyalari hisoblanadi. Mijozlar orasida turli hukumatlar, davlat muassasalari, aktivlarni boshqarish kompaniyalari, banklar, korporativ mijozlar, investitsiya, brokerlik, dilerlik va sug‘urta kompaniyalari, moliyaviy maslahatchilar hamda ko‘plab jismoniy shaxslar mavjud. Bank dunyoning 35 mamlakatida faoliyat olib boradi.

«O‘zmilliybank» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid