O‘zbekiston | 08:40 / 23.01.2021
11550
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi-Angren IESda vafot etganlarning oila a'zolariga 105 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi - Energetika vazirligi

Yangi-Angren IES vafot etganlarning oila a'zolariga 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma'lumotda aytiladi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren IES qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining portlashi natijasida “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etdi.

Ularning oila a'zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.

“Shuningdek, 22 yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a'zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi”, - deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Bundan oldin, prokuratura Yangi-Angren IESdagi portlash yuzasidan jinoyat ishi ochgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid