«O‘zsuvta'minot» hisoblagich bilan qancha mablag‘ni tejab qolish mumkinligini eslatdi
“O‘zsuvta'minot” hisoblagich bilan qancha mablag‘ni tejab qolish mumkinligini taxminiy hisoblab chiqdi. Korxona bu borada batafsil ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, tarif asosida suv haqi undirilganda iste'moldan tortib sug‘orish va boshqa xo‘jalik ishlariga sarflangan suvlarning ham o‘rtacha miqdori hisobga olinadi. Tarif bo‘yicha bir kishiga bir kunda o‘rtacha 250-300 litr suv to‘g‘ri keladi. Suv o‘lchagich bilan esa hisob-kitob faqat iste'mol qilingan suv uchun bo‘ladi. Ortiqcha sarflar inobatga olinmaydi.
“Deylik, oilada 5 kishi yashaydi, tarif asosida suv haqi har bir kishi uchun o‘rtacha 3000-3500 so‘mdan hisoblanadi va bir oyda 17 500 so‘mlik to‘lov kelib chiqadi. Agar hisoblagich o‘rnatilsa, o‘sha oila bir oyda o‘rtacha 7 kub metr suv ishlatishi mumkin, bu 2 800 so‘m (amaldagi tarif bo‘yicha hududlarga qarab 1 kub ichimlik suvining aholiga mo‘ljallangan narxi 225 so‘mdan 1240 so‘mgacha) degani. Shu tariqa besh kishilik oila bir yilda jami hisobda suv uchun tarif asosida 200 000 so‘m atrofida mablag‘ sarflasa, hisoblagich bilan o‘rtacha 40 000 ming so‘m to‘laydi. Shu tarzda 150 ming so‘m iqtisod qilinmoqda.
Demak, suv hisoblagichlari nafaqat iste'molchi hamyoniga foydali, shuningdek, suvning behuda isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ichimlik suvi muammosi global tus olgan bir pallada bu o‘ta muhimdir”, - deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, “O‘zsuvta'minot” AJ tarkibidagi suv ta'minoti korxonalari tomonidan respublikada 2020 yil yakuniga qadar yakka tartibdagi suv inshootlari, mahalla va ko‘chalar kirish nuqtalariga kamida 1000ta suv hisoblagich o‘rnatish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangandi. Hozirda “Suv ta'minoti” MChJlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilgan 700dan ziyod suv hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda.
“Zamonaviy suv hisoblagichlarni “O‘zsuvta'minot” AJning Watercontrol billing dasturiga ulash ishlari davom etmoqda hamda yagona ma'lumotlar bazasi yaratilmoqda”, - deyiladi korxona xabarida.
Mavzuga oid
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024
Qishloq xo‘jaligida suv olish limiti xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi
13:30 / 25.10.2024