2020 yil sayyohlik tarmog‘i uchun eng yomon yil bo‘lgani aytildi
2020 yilda sayyohlik tarmog‘i pandemiya sababli 1,3 trln dollar daromaddan mahrum bo‘ldi, xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashriflar soni 2019 yilga nisbatan 1 mlrdtaga qisqardi.
Bunday ma'lumotlarni BMTning Jahon sayyohlik tashkiloti keltirib o‘tdi. Tashkilot 2020 yilni sayyohlik uchun tarixdagi eng yomoni deb atadi.
2020 yilda xalqaro tashriflar soni bir yil ichida 74 foizga qisqargan. Bu ko‘rsatkich 2009 yildagi jahon moliyaviy inqirozi vaqtida 4 foiznigina tashkil qilgandi. O‘z navbatida, tarmoqning 2020 yildagi yo‘qotishlari jahon moliyaviy inqirozi vaqtidagidan 11 marta ko‘proqni tashkil qilgan.
Jahon sayyohlik tashkiloti ekspertlarining yarmiga yaqini 2021 yilda vaziyat yaxshilanishini aytishmoqda. Shu bilan birga, ularning 30 foizi vaziyatning yanada yomonlashishini, 25 foizi esa 2020 yildagi ko‘rsatkichlar bo‘lishini prognoz qilishmoqda. “Pandemiyaning o‘zgaruvchan xarakteri sababli ko‘plab davlatlar sayohatlarga yana keskin cheklovlar qiritmoqda. Shu bilan birga, koronavirusga qarshi emlash iste'molchilik ishonchining tiklanishi, cheklovlarning yumshatilishi va sayohatlarning sekin-asta tiklanishiga yordam beradi”, deb ta'kidlab o‘tilgan tashkilotda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
15:17 / 11.11.2024
Italiyaning Pompey shahri xarobalariga sayohatchilar tashrifi cheklanadi
17:39 / 07.11.2024