Jahon | 18:52 / 04.02.2021
7903
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda koronavirusning to‘rt mingga yaqin shtammi borligi aytildi

Britaniya tibbiyot jurnalining ma'lumot berishicha, infeksiyaning minglab turlari bo‘lishiga qaramasdan, virus mutatsiyaga uchraganida uning yanada xavfli bo‘lishi ehtimoli juda kam.

Foto: Aaron Lavinsky/Star Tribune via Getty Images

Hozirda dunyoda koronavirusning to‘rt mingga yaqin mutatsiyasi mavjud va barcha ishlab chiqaruvchilar o‘z vaksinalarini yaxshilashga urinmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, koronavirusga qarshi emlashga mas'ul Nadim Zahaviy ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

"Barcha ishlab chiqaruvchilar, Pfizer-BioNTech, Moderna, Oxford-AstraZeneca va boshqalar o‘z vaksinalarini qanday qilib yaxshilash mumkinligini ko‘rib chiqmoqda – hozirda dunyoda koronavirusning to‘rt mingga yaqin turi bor", - dedi Zahaviy.

Uning qayd etishicha, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasining minglab mutatsiyalari hujjatlashtirilgan.

Britaniya tibbiyot jurnalining ma'lumot berishicha, infeksiyaning minglab turlari bo‘lishiga qaramasdan, virus mutatsiyaga uchraganida uning yanada xavfli bo‘lishi ehtimoli juda kam.

Mavzuga oid