Telegram asoschisi Dubayning valiahd shahzodasi bilan uchrashdi
Shayx ijodkor insonlar va ijodkorona g‘oyalar egalarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etishda davom etishini ma'lum qilgan.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Dubayning valiahd shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum bilan uchrashdi. Bu haqda Dubay hukumati matbuot xizmati Instagram sahifasida xabar berdi.
36 yoshli dasturchi va 38 yoshli shayx o‘rtasidagi uchrashuv Dubay shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv tafsilotlari to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmagan.
Shayxning so‘zlariga ko‘ra, Dubay hukumati va aholisi shahar muvaffaqiyatga intilganlar, orzularini global natijaga aylantira oladiganlar uchun o‘ziga xos platforma sifatidagi maqomini mustahkamlaganligi bilan faxrlanadi.
«Biz ijodkor insonlar va ijodkorona g‘oyalar egalarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etishda davom etamiz», — dedi u.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilari soni 570 millionga yetgan, kompaniyaning bozor qiymati 20 mlrd dollardan ortiqqa baholanmoqda.
Mavzuga oid
15:30 / 26.09.2024
Pavel Durov fransuz tergovchilariga yiliga atigi bir dirham ishlab topishini aytgan - OAV
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
23:29 / 18.09.2024