Maxsus komissiya: Germaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov bekor qilindi
Respublika maxsus komissiyasining 11 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida O‘zbekistonda barqaror epidemiologik vaziyatni saqlab qolish maqsadida koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, yig‘ilishda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 21 dekabrdagi qarori asosida Germaniya bilan aviareyslarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublikaga kirish) to‘xtatish bo‘yicha joriy etilgan cheklov bekor qilingan.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat biroz bo‘lsa-da barqarorlashganini inobatga olib, aholiga madaniy hordiq chiqarishlarini tashkillashtirish maqsadida konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda (tomoshabinlarni ikkita yonma-yon o‘rindiqda joylashtirib, har uchinchisini bo‘sh qoldirish) tashkil etish tartibi belgilandi.
Vazirlikning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlaridan O‘zbekistonga kirish va chiqish bo‘yicha taqiq bahorgacha amal qiladi. Mazkur cheklovlar 2020 yil 21 dekabrdan joriy etilgan, keyinchalik 1 fevralgacha uzaytirilgan edi.
Mavzuga oid
10:30
Germaniya Kiyevga keng qamrovli yangi qurollar paketini taqdim etadi
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
08:03 / 21.12.2024
Germaniyada mashina rojdestvo bozoridagi kishilar ustiga haydaldi
22:59 / 19.12.2024