Jahon | 15:34 / 11.02.2021
5421
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoq hududida «Sputnik» vaksinasidan foydalanish uchun ariza topshirildi

Yevropa dori preparatlari agentligi (YeMA) Rossiyaning Sputnik-V vaksinasidan Yevropa Ittifoqi hududida foydalanish uchun topshirilgan arizani rasman qabul qildi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalar fondi arizani 29 yanvar kuni taqdim qilgandi. Fond rahbari Kirill Dementev Yevroittifoqda joriy yil yozidan boshlab yetkazib berilishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.

«Umid qilamizki, regulyator qabul qilgan arizamiz tez va siyosiylashtirilmasdan qabul qilinadi. Biz esa Yevroittifoqqa Rossiyada vaksinatsiya tugagach yetkazib bera olamiz. Hozirda rozilik bildirgan odamlar emlanyapti», degan u.

Rossiyaning o‘zida vaksinatsiya ikki oy muqaddam boshlangan. Fevral oyi o‘rtalariga borib kamida million kishi emlangan bo‘ladi va ularning aksari Moskvaga to‘g‘ri keladi.

Serbiyada ham emlash aksiyasi sobitqadamlik bilan davom ettirilmoqda. Rasmiy Belgrad qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha vaksinalardan foydalanilmoqda. Sputnik V’dan tashqari, Pfizer/BioNTECH va Xitoyning SinoVac preparatlari emlashda qo‘llanmoqda.

Eronga Sputnik V’ning ilk partiyasi o‘tgan shanba kuni yetkazildi. Vaksinatsiya poytaxt va Eronning boshqa yirik shaharlarida boshlandi.

Rossiya preparati haqida avvaldan xulosa chiqarib qo‘ymaslik uchun choralar ko‘rildi va bu borada jahonga mashhur Lancet jurnalida chop etilgan ilmiy maqola katta hissa qo‘shadi deb umid qilinmoqda. Uchinchi faza sinovlari xulosalariga ko‘ra, Sputnik V koronavirus infeksiyasiga qarshi xavfsiz va samarali deb topilgandi.

Mavzuga oid