2020 yilda bojxona postlarida qo‘lga olingan eng ko‘p kontrabanda mahsulotlari ma'lum qilindi
2020 yilda bojxona organlari tomonidan eng ko‘p huquqbuzarlik holatlari dori-darmon mahsulotlari bo‘yicha aniqlangan. Shuningdek, oziq-ovqat, alkogol, tamaki va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng ko‘p huquqbuzarlik sodir etilgan tovarlar ro‘yxatiga kirdi.
Davlat bojxona qo‘mitasining «ochiq bojxona» tizimi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda bojxona organlari tomonidan 37,302 milliard so‘mlik dori-darmon mahsulotlari musodara qilingan. Ushbu tovar turi bilan bog‘liq 509ta huquqbuzarlik aniqlanib, 2019 yilga nisbatan huquqbuzarlik holatlari 15taga, musodara qilingan dori-darmon mahsulotlari qiymati jihatidan 19,746 mlrd so‘mga oshgan.
Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha 385ta huquqbuzarlik aniqlanib, 4,450 mlrd so‘mlik tovar musodara qilingan. 2019 yilga nisbatan holatlar soni 631taga kamayib, ushlab qolingan tovarlar o‘rtasida farq 1,802 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, bojxona organlari xodimlari tomonidan eng ko‘p musodara qilingan tovarlar ro‘yxatidan alkogol va tamaki mahsulotlari ham o‘rin olgan. 2020 yilda 565 million so‘mlik alkogol, 25,277 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlari musodara qilingan. Alkogol mahsulotlaridagi huquqbuzarlik holatlari 2019 yilga nisbatan 71 foizga, tamaki mahsulotlarida 59 foizga kamaygan.
Bojxona postlarida 2020 yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan bog‘liq 158ta huquqbuzarlik aniqlangan bo‘lsa, musodara qilingan tovarlar qiymati 4,450 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bojxona organlari xodimlari tomonidan musodara qilingan tovarlar «Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq sotib yoki yo‘q qilib yuboriladi. Unga ko‘ra, etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, ekspertiza xulosasiga ko‘ra bevosita iste'mol (foydalanish) uchun yaroqsiz deb tan olingan oziq-ovqat tovarlari, asarlarning va turdosh huquqlar obektlarining kontrafakt nusxalari va nizomda nazarda tutilgan boshqa tovarlar majburiy tarzda yo‘q qilib tashlanadi. Majburiy yo‘q qilinadigan tovarlar ro‘yxatiga kirmaydigan bojxona postlarida musodara qilingan boshqa tovarlar sotib yuboriladi.
Mavzuga oid
08:15 / 23.12.2024
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
18:57 / 07.12.2024
Dominikana rasmiylari rekord darajadagi 9,5 tonna kokainni musodara qildi
19:33 / 05.12.2024