O‘zbekiston | 16:16 / 12.02.2021
37383
1 daqiqa o‘qiladi

Abduhalim Xolmahmatov bosh prokuror o‘rinbosarligidan ketdi

Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmahmatov lavozimini tark etdi.

«Abduhalim Xolmahmatov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilsin», deyiladi prezident farmonida.

3-darajali Davlat adliya maslahatchisi A.Xolmahmatov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasi mudiri lavozimida ishlagan.

U 2020 yilning fevralidan buyon bosh prokurorga o‘rinbosarlik qilib kelayotgandi. Ayni vaqtda uning keyingi lavozimi ma'lum emas.

Bundan oldinroq, 2019 yildan buyon Toshkent shahriga prokurorlik qilib kelgan Bahriddin Valiyev bosh prokurorning birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid