Sport | 00:18 / 12.02.2021
6536
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi maktablarning 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi ma'lum qilindi

Adliya vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, hududlardagi 9965 ta maktabning 2242 tasida, ya'ni 22,5 foizida sport zallari yo‘qligi aniqlandi.

Foto: KUN.UZ

O‘rganish davomida umumiy o‘rta ta'lim maktablarini va maktabgacha ta'lim muassasalarini sport zallari bilan ta'minlash hamda ulardagi mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham pastligicha qolayotgani ma'lum bo‘lgan. 

Adliya vazirligi axborot xizmatining bildirishicha, Farg‘ona viloyat XTB tasarrufidagi 785 ta maktab sport zallarining 114 tasi, ya'ni 14,5 foizi ta'mirtalab holatda.

Jumladan, Bog‘dod tumanidagi 40 ta maktab sport zallarining 21 tasi, 52,5 foizi ta'mirtalab ahvolda. Qo‘shtepa tumanidagi 34-maktabdagi ta'mir holati esa sobiq ittifoq davridan saqlanib qolgan va zarur inventarlar mavjud emas.

O‘rganish davomida hududlar bo‘yicha davlat tasarrufidagi 6126 ta bog‘chaning 4 986 tasida, ya'ni 81,4 foizi xavfsiz sport maydonchalari va bino-inshootlari bilan ta'minlanmagani aniqlangan.

Misol uchun, Namangan viloyati maktabgacha ta'lim bo‘limlari tasarrufidagi 576 ta bog‘chaning 574 tasi (99,6 foizi), Surxondaryo viloyatidagi 376 ta bog‘chaning birortasida sport zallari mavjud emas.

«Sport turlaridan nazariy dars o‘tyapmiz» — Andijonning Xo‘jaobodida maktab sport zali 4 yildan beri bitmayapti

Ravshan Ermatov: «Hududlardagi 30 foizdan ortiq maktablarda sportzal yo‘q»

Mavzuga oid