O‘zbekiston | 17:24 / 15.02.2021
5303
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda chorva hayvonlaridagi silni tezkor aniqlovchi antigen ixtiro qilindi

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti olimlari chorva hayvonlarining tuberkulyoz (sil) kasalligini tezkor aniqlovchi antigen ixtiro qildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, yangi ixtiro qilingan antigenni keng ko‘lamda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

«Tadqiqot ustida ish olib borgan olimlar jamoasining fikricha, o‘tgan yilning avgust oyida Toshkent viloyatining chorvachilik xo‘jaliklarida mazkur antigenning klinik sinovlari o‘tkazilgan va 98,2 foiz samarador ekani isbotlangan.

Ayni paytda mazkur antigenni keng ko‘lamda ishlab chiqarish uchun veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchi «BIOVET» MChJ va Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti o‘rtasida 111 million so‘m qiymatidagi shartnoma imzolangan.

Ta'kidlab o‘tamiz, o‘zbek olimlari tomonidan ixtiro qilingan mazkur antigen chorva xayvonlarining tuberkulyoz (sil) kasalligi qo‘zg‘atuvchisini bugun dunyo bo‘ylab ishlatilayotgan shu turdagi vositalardan ikki barobar tez va yuqori sifatda aniqlashi tasdiqlangan», – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid