Jahon | 01:07 / 16.02.2021
16008
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda oktabr oyidan beri eng past kasallanish ko‘rsatkichi qayd etildi

Foto: Getty Images

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni qatorasiga 5-hafta kamaymoqda. Bu haqda JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus ma'lum qildi. 

“Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 5-hafta kamaymoqda. O‘tgan hafta esa 2020 yil oktabr oyidan beri eng past ko‘rsatkich qayd qilindi”, deb aytgan JSST rahbari brifingda.

Uning ta'kidlashicha, koronavirusga chalinish haftalik holatlari soni 2021 yil 4 yanvardagi ko‘rsatkichlarga nisbatan deyarli yarmiga qisqargan.

“Bu sog‘liqni saqlashga qaratilgan oddiy choralar ham virusning turlari ko‘pligiga qaramay, samara berayotganini ko‘rsatadi”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST bosh direktori. 

Ayni vaqtda 109 mlndan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, 2,4 mlndan ko‘proq kishi undan vafot etgan.

Mavzuga oid