Sport | 02:58 / 17.02.2021
10478
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. «PSJ» safarda «Barsa»ni yirik hisobda mag‘lub etdi, Mbappeda xet-trik. «Liverpul» «Leypsig»dan ustun keldi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Yevropa Chempionlar Ligasida 1/8 final bahslari start oldi. 

«PSJ» safarda «Barselona» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Messining goliga Mbappe xet-trigi bilan javob berdi. Yana bir to‘p Ken hisobiga yozildi.

Koronavirus tufayli Budapeshtda o‘tkazilgan «Leypsig» va «Liverpul» jamoalari o‘rtasidagi bahsda mersisaydliklar Saloh va Manening gollari evaziga zafar quchishdi. 

Ushbu juftliklardagi javob o‘yinlari 10 martda bo‘lib o‘tadi. 

YeChL, 1/8 final, 16 fevral

Barselona — PSJ 1:4
Gollar: Messi (27, penalti) — Mbappe (32, 65, 85), Ken (70). 
Barselona – ter Stegen, Dest (Mingesa, 71), Langle, Alba, Pike (Puch, 78), Buskets (Pyanich, 78), de Yong, Pedri (Trinkau, 78), Dembele, Messi, Grizmann (Breytueyt, 85). 
PSJ – Navas, Kurzava, Kimpembe, Florensi (Kerer, 89), Markinos, Verratti (Draksler, 73), Paredes, Guyye (Errera, 46), Ikardi, Ken (Danilu Pereyra, 85), Mbappe.
Ogohlantirish: Guyye (20).

Leypsig — Liverpul 0:2
Gollar: Saloh (53), Mane (58).
Leypsig – Gulachi, Mukiyele (Orban, 64), Klostermann, Anxelino, Upamekano, Nkunku, Kampl (Hvan Hi Chhan, 73), Olmo, Aydara (Poulsen, 64), Adams, Zabitser. 
Liverpul – Alisson, Roberson, Qoboq, Aleksander-Arnold, Henderson, Veynaldum, Jons, Mane, Alkantara (Oksleyd-Chemberlen, 72), Saloh (Uilyams, 90), Firmino (Shakiri, 72).
Ogohlantirishlar: Aydara (5), Mukiyele (6), Nkunku (52), Anxelino (65), Qoboq (68), Olmo (76), Henderson (81).

Mavzuga oid