Jahon | 10:11 / 23.02.2021
6857
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda ikkita qayiq cho‘kishi 13 kishilik oilaning halokatiga olib keldi
Misrda hordiq chiqargani kichik orolga ikkita qayiqda yo‘l olgan oila halokatga uchradi. Qutqaruvchilar hozircha 7 jasadni topishga muvaffaq bo‘lishdi.
Misr shimolida 13 kishidan iborat oila ikkita qayiqda kichik orolga hordiq chiqargani yo‘l olib, orqaga qaytishda halokatga uchradi. Ular ketayotgan qayiqlar to‘ntarilib ketgan. Buning sababi hozircha noaniq.
Ta'kidlanishicha, voqea Iskandariya yaqinidagi Burj-al-Arabdagi ko‘lda tunda yuz bergan. Halok bo‘lganlar mahalliy beduinlar bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar 7 kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lishgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024