O‘zbekistondagi foydali qazilma konlariga Xitoy kompaniyalari faol jalb etilishi kutilmoqda
O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasi tomonidan videokonferensiya aloqasi vositasida O‘zbekiston – Xitoy biznes forumi tashkil etildi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston hududida joylashgan qimmatbaho metallar va noyob foydali qazilmalarning yirik konlariga doir ma'lumotlar alohida taqdim etilgan.
Xitoyning minerallar, metall va kimyo mahsulotlari importi hamda eksporti bo‘yicha savdo palatasi raisining o‘rinbosari Lyu Chjunxuy O‘zbekiston ushbu palataga a'zo korxonalar diqqat markazida turgan mamlakat ekanligini ta'kidladi.
U geologiya va tog‘-kon tarmog‘iga doir ma'lumotlar hamda loyihalarning samarali almashuvi bo‘yicha minbar yaratish uchun ikki mamlakatning tegishli idora va tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirishni taklif etdi.
Shuningdek, Lyu Chjunxuy Xitoy savdo palatasi oltin, volfram, temir, mis va boshqa foydali qazilma va mineral resurslar konlarining yangi hamda ishlab turgan obektlari zaminida yirik va salmoqli sarmoyaviy loyihalar amalga oshirilishi yuzasidan Xitoy kompaniyalarining faol jalb etilishiga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
Xitoyning Sian geologiya instituti direktori Li Chjichjun O‘zbekiston Davlat va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot markazi, o‘zbek mutaxassislarining malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari tashkil etish, shuningdek, geologiya sohasidagi me'yoriy va texnikaviy hujjatlarga doir ma'lumotlar bazasini shakllantirish yuzasidan yordam ko‘rsatishni taklif qildi.
Mavzuga oid
22:20 / 26.12.2024
Xitoyda oxirgi yillardagi iqtisodiy o‘sish yolg‘on bo‘lganmi?
18:45 / 26.12.2024
Xitoy Tibetda dunyodagi eng yirik gidroelektr stansiyasini quradi
19:57 / 25.12.2024
Xitoyda yolg‘iz insonlarni oila qurishga undovchi targ‘ibotlar kuchaytirildi
14:53 / 25.12.2024