Sirdaryoda qarzdorlik evaziga 283ta mol-mulk elektron auksionda 38,8 mlrd so‘mga sotildi
Sirdaryo viloyatida davlat ijrochilari tomonidan 180ta 10,2 mlrd so‘mlik avtotransport vositalari, 63ta 27 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk, 40ta 1,6 mlrd so‘mlik maxsus texnika va boshqa turdagi jami 283ta 38,8 mlrd so‘mlik mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolari orqali sotildi.
Byuro organlari ish yurituvida qoldiqda bo‘lgan ijro hujjatlari soni hamda qarzdorliklarni qisqartirish, undiruv samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan ijro harakatlari davomida davlat ijrochilari tomonidan xatlangan 7ta 819,5 mln so‘mlik avtotransport vositasi, 64ta 55 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk va 25ta 2,5 mlrd so‘mlik maxsus texnika hamda boshqa turdagi mol-mulklar elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, hozirda auksion savdolari davom etmoqda.
Kelgusida auksion savdolariga chiqarilgan mol-mulklarning sotuvidan tushadigan pul mablag‘lari qonunda belgilangan tartibda qarzdorliklarni qoplashga yo‘naltiriladi.
Prezidentning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn auksionlar shaklida o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
11:38 / 13.11.2024
Toshkentda pulli "parkovka"lar tashkil etish uchun auksion o‘tkaziladi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024