Jamiyat | 12:15 / 02.03.2021
5428
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 1 gektar yerni qariyb 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U yer uchun oldindan 50 mln so‘m va 1500 dollarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Sotilishi rejalashtirilgan yer aslida «Navoiy savdo» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli bo‘lgan. Gumonlanuvchi bu yerni boshqa bir fuqaroga 29 700 dollarga pullamoqchi bo‘lgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamentining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, firibgar Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy shahar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer uchun oldindan 50 mln so‘m va 1500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

«Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi departament xabarida.

Mavzuga oid