Jamiyat | 18:58 / 03.03.2021
3923
1 daqiqa o‘qiladi
Yangiariq tumanida 317 tonna ko‘mir talon-toroj qilingani aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Yangiariq tumanidagi omborda ko‘mir mahsulotining talon-toroj qilingani fosh etildi.
Tergovga qadar tekshiruvda, «Ko‘mir ta'minot» MChJ ga qarashli ko‘mir ombori mudiri A.Sh. umumiy bahosi 95,2 mln so‘mlik 317 tonna ko‘mir mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yib, o‘zganing ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan ombor mudiri A.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:06 / 08.08.2024
Xorazm viloyatining ikki tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
07:55 / 10.07.2024
O‘zbekistonda ko‘mir qazib chiqarish yiliga 8 mln tonnaga oshiriladi
19:24 / 10.06.2024
Qish uchun 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasi yaratiladi
07:59 / 17.05.2024